Kuzatuvchi.uz / DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISIGA BERILADIGAN 27 KALENDAR KUNIDAN KAM BO‘LMAGAN YILLIK ASOSIY TA’TILNI PULLI KOMPENSATSIYAGA ALMASHTIRISH MUMKINMI?

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISIGA BERILADIGAN 27 KALENDAR KUNIDAN KAM BO‘LMAGAN YILLIK ASOSIY TA’TILNI PULLI KOMPENSATSIYAGA ALMASHTIRISH MUMKINMI?

Ha, mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 54-moddasiga ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi 27 kalendar kunidan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.

Shuningdek, MK 218-moddasi 2-qismiga ko’ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

MK 234-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan (21 kalendar kunidan) ortiqcha qismi uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

Endi 234-moddaning 3-qismiga e’tibor qarating! Unga ko’ra, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, davlat fuqarolik xizmatchilari va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari 27 kalendar kun ta’tilni 21 kunini asl holicha, qolgan 6 kunini pulli kompensatsiyaga almashtirishlari mumkin.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.



27-05-2024, 02:07
Saytga qaytish