Kuzatuvchi.uz / KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA NEUSTOYKA HISOBLASH TO‘XTATILADI

KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA NEUSTOYKA HISOBLASH TO‘XTATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi.

Shuningdek, kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi.

 

Rafiqjon G‘ULOMOV,  

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

23-05-2024, 19:03
Saytga qaytish