Kuzatuvchi.uz / XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TOʻLAB BERILADI

XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TOʻLAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 20 sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (https://lex.uz/docs/6200266) tasdiqlangan.

 

Nizomga koʻra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilangan.

 

Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal iste'mol xarajatlari (568 000 soʻm)ning 4 baravari (2 mln 272 ming soʻm) miqdorda beriladi.

 

Shunga koʻra, yuridik shaxslarning nafaqa toʻlash majburiyati Jamgʻarma hisobidan toʻlangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

 

 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma'lumotlar mas'ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma'lumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

 

“Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi.

 

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 


 

19-05-2024, 21:57
Saytga qaytish