Kuzatuvchi.uz / TO‘QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ SANOATINI RIVOJLANTIRISH YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI

TO‘QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ SANOATINI RIVOJLANTIRISH YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI

“To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-71-son, 01.05.2024 y.) qabul qilindi.

 

Farmonga ko'ra, gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo'yash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasi 2027-yil yakunigacha bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqiladi.

 

Respublikani “to'qimachilik xabi”ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustidagi ishlar manzilli tashkil etiladi.

 

2026-yil 1-yanvargacha to'qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

 

Raisa TIMOFEYEVA,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

19-05-2024, 21:24
Saytga qaytish