Kuzatuvchi.uz / OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023-y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, Oila va xotin-qizlar qo'mitasining bo'ysunuvi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o'tkazildi. 

Qo'mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o'rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qo'mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

-Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi lavozimi;

-viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o'rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

-tuman (shahar) hokimlarining o'rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.


J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

24-01-2024, 03:05
Saytga qaytish