Kuzatuvchi.uz / 2024-YIL 1-MARTDAN

2024-YIL 1-MARTDAN

Qonunchilikka kо‘ra, litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilindi.

 Shuningdek:

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qо‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda tо‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini tо‘lashdan ozod etildi;

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etildi;

tadbirkorlik subyektini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish yoki qayta rо‘yxatdan о‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini kо‘rsatishga ruxsat beriladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

19-05-2024, 18:33
Saytga qaytish