“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-72-son, 03.05.2024 y.)
Farmonga ko'ra, pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:
-tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
-respublikada ipak qurti urug'iga bo'lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
-respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.
Prezident Farmonida (PF–85-son) (https://lex.uz/docs/6479960#6809571) nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang'ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.