Kuzatuvchi.uz / IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ AYRIM OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM BIR KUNDA BERILISHI MUMKIN

IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ AYRIM OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM BIR KUNDA BERILISHI MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023-yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

 

 Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib (Hukumatning 28.04.2021-yildagi  250-son qarori bilan tasdiqlangan) ga quyidagicha o‘zgarish kiritilgan:

 

 xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

23-01-2024, 00:39
Saytga qaytish