Kuzatuvchi.uz / TAZYIQ O'TKAZGAN VA ZO'RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING REYESTRI YURITILADI

TAZYIQ O'TKAZGAN VA ZO'RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING REYESTRI YURITILADI

Qaror bilan, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7376) tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi:

 

2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;

 

2024-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.

 

Birlamchi ko'mak xonalarida:

 

-jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi;

 

-shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi.

 

- 2024-yil 1-oktabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

 

- 2025-yil 1-yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

 

- 2024-yil 1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo'ravonlik holati bo'yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

 

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

19-05-2024, 03:16
Saytga qaytish