Subsidiya 2 ta yo'nalishda ajratiladi:
1 Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi.
Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
2 Birlamchi uy-joy bozorlaridagi kvartiralarni sotib olish uchun viloyatlarda 330 million so'mgacha, Toshkent shahrida 420 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi.
Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 30 million so'm hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
Subsidiya ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar* doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar my.gov.uz portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Xorazm viloyati uchun tasdiqlangan parametrlar:
Jami to'lab beriladigan subsidiyalar soni 1 600 ta.
Shundan, yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratiladigan kreditlar bo'yicha subsidiyalar 500 ta, yangi uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo'yicha to'lanadigan subsidiyalar 1 100 ta.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.