Kuzatuvchi.uz / 2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ELEKTRON AUKSION ORQALI 30 YILGA IJARAGA BERILADI

2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ELEKTRON AUKSION ORQALI 30 YILGA IJARAGA BERILADI

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilanmoqda.

            Bunda: 

 ijara muddati – 30 yil, boshlang‘ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi; 

 auksion g‘oliblariga yer narxini 3 yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolar va mehnat migrantlariga esa – 5 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi; 

 auksiondan tushgan mablag‘lar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin, tegishli tuman mahalliy budjetiga o‘tkaziladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

23-01-2024, 00:37
Saytga qaytish