Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirishga va (yoki) muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga imkon beruvchi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish tushuniladi. Xodimlarni kasbga tayyorlash ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Xodimlarni qayta tayyorlash deganda xodimlarni texnologiyalarga yoki mehnat jarayoniga nisbatan talablar o‘zgarib borayotganligi sababli yangi kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalarni egallash maqsadida yoki yangi kasbni egallash uchun o‘qitish tushuniladi.

Malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xodim hamda ish beruvchi uchun ixtiyoriy tartibda yoki, agar xodimlarni majburiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish talablari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiy tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazkur ish beruvchida yoki tegishli ta’lim tashkilotida yoxud boshqa ish beruvchida amalga oshirilishi mumkin.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish murabbiylik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

NODAVLAT SUD-EKSPERTIZA INSTITUTI ROLI YANADA OSHIRILADI

personmaftuna 16-09-25, 23:01
0 NODAVLAT SUD-EKSPERTIZA INSTITUTI ROLI YANADA OSHIRILADI

Qarorga ko'ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy a'zoligiga asoslangan O'zbekiston sud ekspertlari...

AYOL O‘QITUVCHILAR ISH STAJI YETSA, ERTAROQ PENSIYAGA

personmaftuna 13-12-24, 10:55
0 AYOL O‘QITUVCHILAR ISH STAJI YETSA, ERTAROQ PENSIYAGA CHIQSA BO‘LADIMI?

Bugungi kunda ta’lim tizimini ayol o‘qituvchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni beqiyos....

AVTOBUS BOSHQARISHDA GENDER TENGLIGI TA’MINLANADI

personmaftuna 22-02-24, 07:28
0 AVTOBUS BOSHQARISHDA GENDER TENGLIGI TA’MINLANADI

Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi “Mamlakatimizda ayollar mehnatidan muayyan soha yoki kasblarda foydalanish...

menu
menu