ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
Mehnat kodeksida quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlari deb belgilab qo’yilgan:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH JAMGʻARMASI FAOLIYATINING
personmaftuna 19-05-25, 10:17Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025-yildagi 158-son qarori bilan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi...
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI SOHASIGA
personmaftuna 14-03-24, 06:14Nikoh tuzishning ixtiyorligi haqida nimani tushunasiz ? Javob: O`zbekiston Respublikasi OKning 14-moddasiga asosan...
XODIM SINOV MUDDATI DAVRIDA ISHDAN BOʻSHAGANDA NEUSTOYKA
personmaftuna 21-09-24, 07:08Mehnat kodeksida mehnat shartnomasi taraflari mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda neustoyka toʻlashi shart...