MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 - yildagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida nizomga muvofiq, Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi Maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?
personmaftuna 30-09-24, 12:24SAVOL; Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki...
KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI
personmaftuna 17-12-24, 11:38Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...
AYRIM IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI
personmaftuna 22-02-24, 07:26Prezidentning 31.01.2024-yildagi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Farmonga koʻra,...