Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA QARORINING IJRO ETILISHI

MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA QARORINING IJRO ETILISHI

     Yakka mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.

  O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  566-moddasiga binoan, mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o‘n kun o‘tganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak. Agarda ish beruvchi belgilangan  muddatda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.

Guvohnomada: mehnat nizosi bo‘yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning nomi, qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar, xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizoning mohiyati bo‘yicha qaror ko‘rsatiladi.

Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo‘ydirib beriladi.

Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, guvohnoma berilmaydi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e’tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 30-09-24, 02:49
0 BILIB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2024-yildagi “Jismoniy shaхslarni davlat tibbiyot muassasalariga...

ТАДБИРКОРЛАР ТОМОНИДАН МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

personmaftuna 03-06-25, 11:37
0 ТАДБИРКОРЛАР ТОМОНИДАН МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТИ КЕНГАЙТИРИЛАДИ

Қонун билан (ЎРҚ-1058-сон, 17.04.2025 й.) айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. “Валютани...

SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT

personmaftuna 29-09-24, 20:40
0 SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu