MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
- ВКонтакте
- РћРТвЂВВВВВВВВнокласснРСвЂВВВВВВВВРєРСвЂВВВВВВВВ
- Telegram
Muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan хodim oʻz vaqtida ishdan boʻshatilmagan boʻlsa, Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan, muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Ushbu asos boʻyicha mehnat munosabatlarini tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak. Bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan хodim yoʻq boʻlgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
Agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan birortasi ham yuqorida koʻrsatilgan tartibda bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Agar mehnat shartnomasi tugagan vaqtdan buyon 1 haftadan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, хodim shu vaqt davomida oʻz majburiyatlarini bajargan boʻlsa, ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilmagan va taraflar bir-birlarini mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida хabardor qilmagan boʻlsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi hamda buni Mehnat kodeksining 158-moddasi asosida bekor qilish mumkin emas, bunda muddatli mehnat shartnomasini faqat umumiy asoslarda, ya’ni Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
- ВКонтакте
- РћРТвЂВВВВВВВВнокласснРСвЂВВВВВВВВРєРСвЂВВВВВВВВ
- Telegram
Boshqa maqolalar
YANGI OLIY OʻQUV YURTIDA AХBOROT VA KIBER ХAVFSIZLIK
personmaftuna 15-02-25, 01:54Prezidentning 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-sonli qarori bilan "Cyber university" davlat universiteti tashkil etiladi....
2024-YILDA 6 MINGGA YER MAYDONI AUKSIONGA CHIQARILADI
personmaftuna 01-06-24, 02:34Vazirlar Mahkamasining 07.05.2024-yildagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va х...
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI VA IJTIMOIY
personmaftuna 18-08-24, 04:02Vazirlar Mahkamasining 06.08.2024-yildagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan...