Kuzatuvchi » Siyosiy » QON TOPSHIRGANDA XODIMLARGA KAFOLATLI TO‘LOVLAR

QON TOPSHIRGANDA XODIMLARGA KAFOLATLI TO‘LOVLAR

Mehnat kodeksining 283-moddasida ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan o‘tish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida xodimlarni tibbiyot muassasalariga moneliksiz yuborishi shartligi belgilangan.

Bunda agar ish beruvchi bilan kelishuvga binoan xodim qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida ishga chiqqan bo‘lsa bundan xodimning o‘sha kuni ishga chiqish imkoni bo‘lmagan zararli va xavfli mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar mustasno, unga o‘z xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kuni beriladi.

Har yilgi mehnat ta’tili davrida, dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan taqdirda, xodimga uning xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kuni beriladi.

Donor bo‘lgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun yillik mehnat ta’tiliga qo‘shiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin.

Tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

personmaftuna 21-02-24, 01:53
0 BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda...

ТОВАРЛАРНИ БЕПУЛ ТАРҚАТГАН ҲОЛДА ОММАВИЙ ТАДБИРЛАРНИ

personmaftuna 18-09-24, 21:06
0 ТОВАРЛАРНИ БЕПУЛ ТАРҚАТГАН ҲОЛДА ОММАВИЙ ТАДБИРЛАРНИ ЎТКАЗИШ ТАҚИҚЛАНДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 28.06.2024 йилдаги “Оммавий тадбирларни ўтказишда фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш ва жамоат...

QIZIL KITOB NOMI QAYERDAN OLINGAN VA NOYOB O‘SIMLIKLARNI

personmaftuna 10-12-24, 09:45
0 QIZIL KITOB NOMI QAYERDAN OLINGAN VA NOYOB O‘SIMLIKLARNI YIG‘GANLIK UCHUN QANDAY JAZO MAVJUD?

1948-yilda Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash...

menu
menu