RATIFIKATSIYA QILINADIGAN XALQARO SHARTNOMALAR
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son “xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga binoan, davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinishi belgilangan.
Qaysi xalqaro shartnomalarni tuzish chog‘ida muzokaralarda ishtirok etuvchi tomonlar kelgusida ularni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan bo‘lsa, o‘sha xalqaro shartnomalar xuddi shunday tarzda ratifikatsiya qilinadi.
Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar, shuningdek xalqaro kafolat shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun ahdlashuvchi tomonlar belgilaydigan tartibda kuchga kiradi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YER QA’RIDAN FOYDALANISH QOIDALARI BUZILGANLIGI HAQIDA
personmaftuna 23-06-24, 23:06O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.05.2024-yildagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi togʻ-kon...
TEXNIKUM DIREKTORLIGIGA TALABGORLAR OCHIQ TANLOV ASOSIDA
personmaftuna 08-02-25, 00:49Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talab “Kasbiy ta'lim” platformasi orqali...
YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SO'MGACHA KREDIT AJRATILADI
personmaftuna 30-01-25, 10:39Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7216) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha...