Kuzatuvchi » Siyosiy » TURAR JOYLARNI ALMASHTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH

TURAR JOYLARNI ALMASHTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining 112-moddasiga asosan, Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kirishi va agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order berilishi belgilangan.

Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining a’zosi turar joyga ko‘chib kirishining asoslari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan bo‘lsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.

Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.

Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT SUBSIDIYASI VA UNI AJRATISH TARTIBI

personmaftuna 27-01-24, 18:31
0 DAVLAT SUBSIDIYASI VA UNI AJRATISH TARTIBI

Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat...

GAZ SARFI VA XARAJATLARINI ONLAYN REJIMDA KUZATISH MUMKIN

personmaftuna 06-12-24, 17:29
0 GAZ SARFI VA XARAJATLARINI ONLAYN REJIMDA KUZATISH MUMKIN

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini...

SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI

personmaftuna 27-12-24, 16:15
0 SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019-yildagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda,...

menu
menu