34. QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so'mdan yuqori bo'lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o'rnatiladi:
2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko'rsatkichlarini hisobga olishga) o'tiladi;
2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma'lumotlari asosida shakllantiriladi;
2024-yil 1-oktabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI
personmaftuna 28-10-24, 15:51O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2024-yildagi PF-164-sonli Farmoni bilan agrosanoat majmuida davlat...
MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI TUGATILDI
personmaftuna 05-08-24, 18:46Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini...
“ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ
personmaftuna 29-03-24, 06:09“Ўзбекистон – Туркманистон” эркин савдо зонасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-90-сон, 28.02.2024 й.)...