VAZIR JAMGʻARMASI HISOBIDAN BERILADIGAN BIR MARTALIK PUL MUKOFOTI KIMLARGA BERILADI, MIQDORI QANCHA?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:
➖maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;
➖Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.
Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?
personmaftuna 08-12-24, 13:50Byudjet tashkilotidagi ona bolasi 1 yoshligida ishga chiqib, qisqartirilgan ish rejimida ishladi. Endi bolasi 2 yoshga...
MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI
personmaftuna 05-03-24, 07:19Markaziy bank boshqaruvining 2024-yil 25-yanvardagi yigʻilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz...
DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT
personmaftuna 05-05-24, 10:59O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...