Kuzatuvchi » Siyosiy » . “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

. “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024-yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

Qonunchilikka asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklarini tashkil qilish boʻyicha yer maydoni manzili va rasmlari koʻrsatilgan holdaqiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi“Mening bogʻim” loyihalariga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.

Ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oshgan taqdirda loyihaga boshqa loyihalarda iqtisod qilingan mablagʻlar ajratiladi. Shuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaхt Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari sarflanadi.

Hujjat bilan Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan "Mening bogʻim" loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

·        “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish tartibi;

·        loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash;

·        gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish;

·        hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash;

·        javobgarlik va loyihalarni amalga oshirish ustidan nazorat.

 

    Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOLK-MULK OLISHI

personmaftuna 26-12-24, 12:52
0 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOLK-MULK OLISHI MUMKIN EMAS

Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega...

QANDAY TOʻLOVLAR NAVBATDAN TASHQARI AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 14-02-25, 23:59
0 QANDAY TOʻLOVLAR NAVBATDAN TASHQARI AMALGA OSHIRILADI?

Markaziy bank boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining «Xoʻjalik yurituvchi...

YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN

personmaftuna 22-03-24, 00:30
0 YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI

Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi. Yangi yuk...

menu
menu