SUDDA VAKILLIK QILISHI MUMKIN BO‘LMAGAN SHAXSLAR
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 70-moddasida asosan, quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas: voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno, vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar, sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno, manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar, shu nizo bilan bog‘liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno, sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar, deb belgilangan.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 05:59“Таҳлилий ва тадқиқотчилик фаолиятини ташкил қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори...
БОЛАЛАРГА НИСБАТАН ЗЎРАВОНЛИК ҲОЛАТЛАРИНИ АНИҚЛАШ ВА УЛАРНИ
personmaftuna 26-09-25, 17:29Ҳукумат қарори (440-сон, 14.07.2025 й.) билан “Болаларга нисбатан зўравонлик ҳолатларини аниқлаш, зўравонлик хавфи...
YANGI BINO QURISHDAN AVVAL TUPROQNING UNUMDOR QATLAMI
personmaftuna 22-02-24, 07:08“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident...