VOSITACHILIK SHARTNOMASI
Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf vositachi ikkinchi tarafning komitent topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo‘yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo‘lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo‘ladi va zimmasiga majburiyat olishi belgilangan.
Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko‘rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko‘zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo‘lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan holda tuzilishi mumkin.
Agar vositachilik shartnomasi komitentga bog‘liq sabablar bilan bajarilmagan bo‘lsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY O‘ZGARISHLAR
personmaftuna 09-02-24, 22:5928.12.2023-yildagi O‘RQ-891-son «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul...
ФУҚАРОЛАРНИНГ ВИЖДОН ЭРКИНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДИНИЙ
personmaftuna 24-08-25, 19:56“Ўзбекистон Республикасида фуқароларнинг виждон эркинлигини таъминлаш ва диний соҳадаги давлат сиёсати концепциясини...
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI
personmaftuna 26-03-24, 02:17Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...