Kuzatuvchi » Siyosiy » “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI
“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI
Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan:
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
- xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;
- yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to'lanadi.
- Sug'urta tashkilotlariga – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oila sifatida e'tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog'lig'i va hayoti, har bir sug'urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming so'mgacha miqdorda subsidiya to'lanadi;
- Xorijda mehnat qilish davrida zo'ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo'lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag'siz qolgan O'zbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to'lanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIMLARNING MEHNAT HUQUQI KAFOLATLARI KUCHAYTIRILADI
personmaftuna 07-02-25, 13:36Qarorga ko‘ra, belgilansinki, xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda mehnat muhofazasini ta'minlash...
ISH BERUVCHI QANDAY HOLLARDA HODIMGA YETKAZILGAN ZARARNI
personmaftuna 30-09-24, 22:04А maldagi Mehnat kodeksining 319-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini...
БАРЧА ЧЕТ ТИЛИ ЎҚИТУВЧИЛАРИ...
personmaftuna 11-03-24, 00:41Барча чет тили ўқитувчилари келаси ўқув йилига қадар ўз фанлари бўйича камида б2 даражадаги миллий ёки унга...