OʻRMON LANDSHAFTLARINI TIKLASHGA 205,45 MLN AQSH DOLLARI AJRATILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2024-yildagi PQ-140-sonli “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
10.04.2023-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida imzolangan moliyalashtirish bitimi doirasida "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga jami 142 million AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari ajratiladi. Shuningdek, Progreen trast jamgʻarmasi hamda Koreya Respublikasining KWPF jamgʻarmasi oʻrtasida tuzilgan grant bitimlari doirasida jami 11 mln AQSh dollari mikdorida grantlar jalb etiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 205,45 mln AQSh dollarini, shu jumladan Loyihadagi Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 52,45 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablagʻlari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari;
● "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali;
● "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi";
● loyiha doirasida Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT SIRLARIGA NIMALAR KIRADI?
personmaftuna 11-02-25, 02:2027.12.2024-yilda "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1016-sonli Qonun qabul qilindi. Qonunning maqsadi: ma’lumotlarni...
KADRLAR TAYYORLAYDIGAN YAGONA TEXNIKUMLAR TARMOGʻI TASHKIL
personmaftuna 08-02-25, 00:52“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy...
NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB
personmaftuna 16-12-24, 11:45— 20 yillik ish stajiga ega bo‘lgan II guruh nogironiman. Nogironlik pensiyasi tayinlashda ishlagan staj inobatga...