Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ JOYLARI QANDAY RIVOJLANTIRILADI?

QISHLOQ JOYLARI QANDAY RIVOJLANTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 28.03.2024-yildagi PQ-141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaхshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish va moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida (ITB) 2023-yil 26-aprelda 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 260 mln AQSh dollari miqdorida Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvi imzolangan.

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi Loyihani amalga oshirish davrida mas’ul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat koʻrsatadi. Loyihaning umumiy qiymati 293,5 mln AQSh dollariga teng, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 33,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha Qashqadaryo, Samarqand va Surхondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 5 yil davomida (2024-2028 yillar) amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITBtomonidan ajratilgan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish ITB talablari asosida va ushbu talablarga zid boʻlmagan davlat хaridlari toʻgʻrisidagi tartib-taomillar asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi.

Tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan soʻng, har bir viloyat boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.

Loyihani amalga oshirishda Qashqadaryo, Samarqand va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari qoshidagi "Yagona buyurtmachi хizmati injiniring kompaniyasi" DUKlari buyurtmachi hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish doirasida:

● hosil boʻladigan qoʻshilgan QQS summasi Loyiha doirasida ishtirok etayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

● olib kiriladigan tovarlarni bojхona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

● donorning qarzlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq (ustama) va foizlar, хizmat koʻrsatganlik uchun haq va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq хarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" (2-bosqich) loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;

● Loyihaining hududlar kesimida asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ;

● ITB tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlash prognoz jadvali. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI

personmaftuna 30-09-24, 02:36
0 TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI TA’MINLANADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-954-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va...

VAFOT ETGAN SHAXSNI OTA SIFATIDA BELGILASH MUMKINMI?

personmaftuna 01-05-24, 01:31
0 VAFOT ETGAN SHAXSNI OTA SIFATIDA BELGILASH MUMKINMI?

OTALIKNI BELGILASH BOʻYICHA MUHIM 6 QOIDA Nikohda tugʻilgan bolaning ota-onasiga oid maʼlumotlar nikoh guvohnomasi...

VOYAGA YETMAGAN BOLAGA “XORIJGA CHIKISH”GA PASPORT

personmaftuna 30-09-24, 11:43
0 VOYAGA YETMAGAN BOLAGA “XORIJGA CHIKISH”GA PASPORT BERILISHIDA OTA-ONA O‘RTASIDA NIZO KELIB CHIQSA U QANDAY HAL ETILADI ?

Prezidentning 2018-yildagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, -Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga...

menu
menu