Kuzatuvchi » Siyosiy » “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI

“MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024-yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

Qonunchilikka asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha yer maydoni manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda, qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi. “Mening bogʻim” loyihalariga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.

Ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oshgan taqdirda loyihaga boshqa loyihalarda iqtisod qilingan mablagʻlar ajratiladi. Shuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaхt Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari sarflanadi.

Hujjat bilan Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan "Mening bogʻim" loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

·        “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish tartibi;

·        loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash;

·        gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish;

·        hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash;

·        javobgarlik va loyihalarni amalga oshirish ustidan nazorat.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

РАҚАМЛИ КРИМИНАЛИСТИКА СОҲАСИДА ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ФАОЛИЯТИ

personmaftuna 29-07-24, 23:55
0 РАҚАМЛИ КРИМИНАЛИСТИКА СОҲАСИДА ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ФАОЛИЯТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Рақамли криминалистика соҳасида илмий-тадқиқот фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:51
0 BILASIZMI?

Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida...

BIR MARTALIK NAFAQA PULI “SUYUNCHI PULI” ENDILIKDA KIMLARGA

personmaftuna 03-06-24, 19:18
0 BIR MARTALIK NAFAQA PULI “SUYUNCHI PULI” ENDILIKDA KIMLARGA BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy...

menu
menu