Kuzatuvchi » Siyosiy » MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BOʻYICHA QABUL QILINGAN QARORGA SHIKOYAT BERISH MUDDATI QISQARMOQDA

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BOʻYICHA QABUL QILINGAN QARORGA SHIKOYAT BERISH MUDDATI QISQARMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 25.12.2023-yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-884-son Qonun imzolandi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyat berish   muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda (20 sutkadan 10 sutkagacha).

Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan 6 oy ichida  Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqish uchun shikoyat keltirish mumkin.

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oliy sudning sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

• sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;

• shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

Ishni sudda koʻrib chiqishda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:

• ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs;

• jabrlanuvchi;

• ularning qonuniy vakillari;

• advokat;

• ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ.

Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Bosh prokuror, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror uzil-kesildir. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

ЁШЛАР ИШЛАРИ АГЕНТЛИГИГА ҚЎШИМЧА ФУНКЦИЯЛАР ЮКЛАНДИ

personmaftuna 30-07-24, 00:42
0 ЁШЛАР ИШЛАРИ АГЕНТЛИГИГА ҚЎШИМЧА ФУНКЦИЯЛАР ЮКЛАНДИ

“Ёшларни хорижий тилларга ўқитиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...

БОЛАЛАР БОҒЧАЛАРИ ДИРЕКТОРЛАРИ СЕРТИФИКАТЛАНАДИ

personmaftuna 24-09-24, 08:34
0 БОЛАЛАР БОҒЧАЛАРИ ДИРЕКТОРЛАРИ СЕРТИФИКАТЛАНАДИ

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 27.08.2024 йилдаги "Давлат мактабгача таълим ташкилотлари директори...

PENSIYALARNING TAYANCH MIQDORLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:13
0 PENSIYALARNING TAYANCH MIQDORLARI

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida qonuni bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:...

menu
menu