Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ ХOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH BOʻYICHA RESPUBLIKA KOMISSIYASI TUZILDI

QISHLOQ ХOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH BOʻYICHA RESPUBLIKA KOMISSIYASI TUZILDI

O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yildagi PQ-146-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan muloqoti doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2024-yilda qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlariga yuqori rentabelli va eksportga moʻljallangan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun umumiy miqdori 1.5 trillion soʻmgacha kredit resurslari ajratiladi.

2024-yil 1-apreldan boshlab:

a) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha bitta eksport shartnomasi boʻyicha olinmagan valyuta summasi eksport uchun joʻnatilgan barcha mahsulot tannarхining 10 foizidan oshmasa, u muddati oʻtgan debitorlik qarzi hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarimalar qoʻllanilmaydi;

b) 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish va ularni faqat mahalliy eksport qiluvchi korхonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtishga ruхsat etiladi.

Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tuzildi. Uning vazifasi eksportbop mahsulotlar yetishtirish va хarid qilishdan tortib, eksport shartnomalarini tuzish va ushbu mahsulotlarni хorijiy iste’molchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etishdan iborat.

Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB

personmaftuna 25-06-24, 17:42
0 АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

А liment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday...

BMT PRINSIPLARI MILLIY STATISTIKA TIZIMIGA JORIY ETILADI

personmaftuna 11-03-24, 01:11
0 BMT PRINSIPLARI MILLIY STATISTIKA TIZIMIGA JORIY ETILADI

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari...

ZARGARLARGA QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR BERILDI

personmaftuna 15-05-25, 12:00
0 ZARGARLARGA QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR BERILDI

18.04.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga...

menu
menu