O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMAT VA YORDAM KO‘RSATISHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 11-martda 123-son qarori qabul qilindi.
Unga ko ‘ra 2024-yil 1-martdan boshlab har olti oyda bir marotaba ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi, ijtimoiy xodim, tuman tibbiyot birlashmasining maxsus monitoring guruhi vakili hamda fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan monitoringdan o‘tkazilishi, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshirish imkoniyati baholab borilishi, individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligi baholanishi va monitoring ma’lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib borilishi, ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanib borilishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu qaori bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamenti hamda O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi reglament tasdiqlandi.
L.XUDAYAROVA,
Tuproqqal’a tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.
Boshqa maqolalar
JISMONIY SHAXSLARGA DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM
personmaftuna 08-12-24, 13:08Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024 - y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish...
O‘ZBEKISTON VA MO‘G‘ULISTON O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI
personmaftuna 25-08-25, 02:24“Mo'g'ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni...
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT
personmaftuna 28-06-24, 16:55O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...