Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT MIGRANTLARIGA ХARAJATLAR KOMPENSATSIYA QILINADI

MEHNAT MIGRANTLARIGA ХARAJATLAR KOMPENSATSIYA QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2024-yildagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-59-sonli Farmoni qabul qilindi.

2024-yil 1-iyundan boshlab:

a)    Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan:

 “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi:

  • xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;
  • xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;
  • yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq – BHMning 2 baravarigacha miqdorda;

b) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

  • mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir ishga olingan bunday xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi. Bunda:
  • subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi;
  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya toʻlash uchun asos boʻlib hisoblanadi;
  • xorijda uch va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan koʻp vaqt boʻlmagan shaxslar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hisoblanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024–2025 yillarda migratsiya sohasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
  • 2024–2026 yillarda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni tayyorlash va chet elga tashkillashtirilgan tartibda yuborishning xorijiy davlatlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT

personmaftuna 05-05-24, 10:59
0 DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT ХARIDLARI PORTALIDA JOYLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...

UZOQ VAQT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARGA DAVLAT

personmaftuna 06-12-24, 16:00
0 UZOQ VAQT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARGA DAVLAT TOMONIDAN QANDAY KO‘MAK KO‘RSATILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar,...

ЎҚУВЧИ ДАРСДА ДАФТАР ТУТМАГАНИ УЧУН ЎҚИТУВЧИ ЖАВОБГАРЛИККА

personmaftuna 27-03-24, 00:28
0 ЎҚУВЧИ ДАРСДА ДАФТАР ТУТМАГАНИ УЧУН ЎҚИТУВЧИ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТИЛАДИМИ ЁКИ ОТА-ОНА?

Ўқувчи дафтар тутмагани учун ўқитувчини эмас, ота-онани жавобгарликка тортиш керак. Биринчидан, Таълим тўғрисидаги...

menu
menu