DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-sonli Qarori bilan Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Sertifikat (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) iste’mol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar eksporti uchun beriladi.
Iхtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:
urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;
Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi;
rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi belgilandi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETILADI
personmaftuna 24-09-24, 07:01O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etishga...
O'RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI
personmaftuna 29-09-25, 23:03O'rindoshlik asosida ishlash xodimning o'zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha...
ИШДАН БЎШАТИШ НАФАҚАСИНИНГ МИҚДОРЛАРИ
personmaftuna 08-02-24, 12:24Амалдаги Меҳнат кодексининг 173-моддасига асосан: - ишдан бўшатиш нафақасининг миқдори ҳодимни ишлаб келаётган жойидаги...