Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR PULI QANDAY HOLLARDA VA QAY TARTIBDA TOʻXTATILADI?

BOLALAR PULI QANDAY HOLLARDA VA QAY TARTIBDA TOʻXTATILADI?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga koʻra, bolalar puli qoʻydagi hollarda va tartibda toʻxtatilishi mumkin. 

2023-yil noyabr oyidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilaning iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi belgilangan tayinlash muddati yakuniga kadar har oyda (yangi tayinlangan hollarda keyingi toʻlov oyidan boshlab) toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar qayta ariza talab etmagan holda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan maʼlumotlarga muvofiq avtomatik tarzda “Yagona reyestr” AT orqali qayta oʻrganiladi. Bunda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan maʼlumotlar elektron shaklda toʻliq yoki qisman olinmaganda joriy oy toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar elektron shaklda olingan maʼlumotlarga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatish yoki davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Qayta oʻrganishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oila mazkur Nizomning 20-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda keyingi toʻlov roʻyxatlarini shakllantirishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi.

Bunda 2023-yil 16-noyabrga qadar ariza bergan oilalarning iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi mazkur Nizomning 20-bandi “v” kichik bandiga muvofiqligi 2023 yil 16 noyabrga qadar amalda boʻlgan mezonlarga muvofiq qayta oʻrganiladi.

2023-yil 16-noyabrdan boshlab taqdim etilgan arizalar boʻyicha ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahat olish uchun) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila aʼzosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kirmasa yoki kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan boʻlsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi.

unda ushbu oila bolalar nafaqasi tayinlash uchun qayta murojaat qilgan hollarda toʻlov toʻxtatilgandan keyin 9 oy davomida, moddiy yordam tayinlash uchun qayta murojaat qilgan hollarda toʻlov toʻxtatilgandan keyin 3 oy davomida ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahat olish uchun) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish organlariga murojaat qilgan oila aʼzosiga nisbatan rasmiy bandlik talab etilmaslik boʻyicha istisno qoʻllanilmaydi.

52. 2024-yil 1-martdan boshlab — bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, koʻchmas mulklari hamda chorva mollari ularning arizalarida koʻrsatgan maʼlumotlarga muvofiqligi joyiga chiqqan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan oʻrganib boriladi va ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va kamida 2 nafar masʼul xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻrganish natijalari “Yagona reyestr” ATga hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan kiritiladi va axborot tizimi tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovini toʻxtatish yoki davom ettirish boʻyicha avtomatik ravishda qaror qabul qilinadi.

Ushbu Nizomga 6-ilovaga asosan qayta oʻrganishda oilada mazkur Nizomning 20-bandi “b” kichik bandini ikkinchi xatboshida hamda “v”, “ye” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda keyingi toʻlov roʻyxatlarini shakllantirishda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatiladi. Bunda toʻlovni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan oilalarning bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun taqdim qilgan arizalari olti oy davomida koʻrib chiqilmaydi.

Dalolatnoma bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan soʻng ikki oy ichida tuzilib, axborot dasturiga kiritilishi lozim. 2024-yil 1-mart holatiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar boʻyicha dalolatnoma 2024-yil 1-iyulgacha rasmiylashtirilib, “Yagona reestr” ATga kiritiladi.

Belgilangan muddat ichida dalolatnoma tuzilmagan, dasturga kiritilmagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlariga ogohlantirish yuboriladi.

Belgilangan muddatdan keyin ham bir oy davomida dalolatnoma rasmiylashtirilmagan, axborot tizimiga kiritilmagan taqdirda, “Yagona reestr” ATni yuritishga masʼul boʻlgan organ tomonidan ushbu xodimlarning ish beruvchi yuqori tashkilotiga tegishli choralar koʻrish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.

Agar fuqaroning qarshiligi yoki doimiy ravishda (masʼul xodimlar tomonidan 2 marta borilganda) uyda boʻlmasligi natijasida mahallaning masʼul xodimlari tomonidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning moddiy ahvolini oʻrganish imkoni boʻlmasa, bu haqda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtirilib, axborot dasturiga kiritiladi. Ushbu dalolatnoma axborot dasturiga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlash vaqtincha toʻxtatiladi hamda bu haqda arizachiga SMS xabar yuboriladi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin dalolatnoma rasmiylashtirilib, “Yagona reestr” ATga kiritilsa ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib amal qiladi.

Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin 2 oy davomida oʻrganish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, “Yagona reestr” AT tomonidan toʻlovlarni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlov vaqtincha toʻxtatilgan oylar uchun bir yoʻla toʻlab beriladi. Biroq, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam vaqtincha toʻxtatilgandan keyin ikki oy muddatdan keyin dalolatnoma rasmiylashtirilib, toʻlovlarni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlovlar keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi hamda vaqtincha toʻxtatilgan oylar uchun toʻlovlar amalga oshirilmaydi

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO'RA, 2024/2025-O'QUV YILIDAN BARCHA KURS

personmaftuna 30-09-24, 07:17
0 QONUNCHILIKKA KO'RA, 2024/2025-O'QUV YILIDAN BARCHA KURS TALABALARI UCHUN DAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH ONLAYN SHAKLDA AMALGA OSHIRILISHI

Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar...

MUHTOJ SHAХSLARNI PROTEZ MOSLAMALARI VA REABILITATSIYA

personmaftuna 24-06-24, 09:30
0 MUHTOJ SHAХSLARNI PROTEZ MOSLAMALARI VA REABILITATSIYA VOSITALARI BILAN TA’MINLASH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi «Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya moslamalari va...

“ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ

personmaftuna 29-03-24, 06:09
0 “ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ ҚИЛИНАДИ

“Ўзбекистон – Туркманистон” эркин савдо зонасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-90-сон, 28.02.2024 й.)...

menu
menu