Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLANING BOG’CHAGA BORMAGAN KUNLARI UCHUN TO’LOV QILINADIMI?

BOLANING BOG’CHAGA BORMAGAN KUNLARI UCHUN TO’LOV QILINADIMI?

Bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

– bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;

– karantin holatida boʻlganligi tufayli;

– ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʻchaga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

personmaftuna 24-07-24, 19:56
0 BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish...

INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINERING KOMPANIYASI

personmaftuna 22-02-24, 06:59
0 INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINERING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

“Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada...

QAYSI DORI VOSITALARI DAVLAT ROʻYХATIDAN OʻTKAZMASDAN

personmaftuna 19-05-25, 10:33
0 QAYSI DORI VOSITALARI DAVLAT ROʻYХATIDAN OʻTKAZMASDAN QOʻLLANILADI

Sogʻliqni saqlash vazirining 12.03.2025-yildagi AV roʻy х at raqami 3611-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasida...

menu
menu