ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI
Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.
Mehnat kodeksning 253-moddasiga koʻra, xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.
Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.
Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanishi belgilandi. Xodimga tegishli boʻlgan ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi va miqdori boshqa toʻlovlarni amalga oshirishga hamda ularning navbatiga bogʻliq qilib qoʻyilmaslik ham qayd etilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 333-moddasida ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi.
Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.
Mazkur pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM TIZIMI
personmaftuna 28-09-24, 01:08Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish,...
YOʻNALISHSIZ TAKSILARGA TAQIQLOVCHI BELGILARDA TOʻХTASHGA
personmaftuna 19-05-25, 01:48Vazirlar Mahkamasining 02.04.2025-yildagi «Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini tartibga solish...
IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
personmaftuna 30-09-25, 10:50Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi. Quyidagilar...
