Kuzatuvchi » Siyosiy » MAVSUMIY ISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

MAVSUMIY ISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.

Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 492-moddasiga ko`ra, Ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerakligi, mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmasligi, mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuzilishi belgilangan.

Mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 492-moddasiga asosan, Mavsumiy xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli ekanligi, Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida mavsumiy xodimni tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), shuningdek xodimlarning soni yoki shtati o‘zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida yetti kalendar kun oldin hamda mavsumiy xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shartligi, mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, mavsumiy xodim o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantirilishi belgilangan.

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

 

Boshqa maqolalar

МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ АГЕНТЛИГИ ТУГАТИЛДИ

personmaftuna 18-09-24, 21:11
0 МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ АГЕНТЛИГИ ТУГАТИЛДИ

Президент томонидан 02.07.2024 йилдаги “Мактабгача ва мактаб таълими соҳасида давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш...

YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI

personmaftuna 06-12-24, 17:19
0 YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI

Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar...

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА

personmaftuna 19-03-25, 06:26
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (108-сон, 24.02.2025 й.) билан “Давлат харидларини корпоратив банк карталари орқали амалга ошириш...

menu
menu