Kuzatuvchi » Siyosiy » MODDIY YORDAM VA MUKOFOT PULI BIR XILMI ULAR QACHON BERILADI VA QANDAY TARTIBDA?

MODDIY YORDAM VA MUKOFOT PULI BIR XILMI ULAR QACHON BERILADI VA QANDAY TARTIBDA?

Moddiy yordam va mukofot pulining bir biriga aloqasi yoʻq.

Oʻqituvchi yetarli asoslar boʻlganda moddiy yordam olishga haqli boʻladi.

Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 - yildagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 - yildagi 823-son qarori 33-bandiga oʻzgartirish kirilgan. Unga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha:

xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda;

ogʻir kasallikka chalinganda;

xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.

Qoidaning mazmuniga koʻra xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlar sodir boʻlsa, direktor jamgʻarmasida mablagʻ yetarli boʻlgan taqdirda xodim 2 lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olishga haqli.

Mana shu qoidaga koʻra xodim 1 kalendar yilida jami 2 lavozim maoshigacha moddiy yordam olishi mumkin.

Ushbu nizomning 29-bandiga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Bunda mazkur mukofot har oʻquv yili uchun berilishi mumkin. Nizomda bir marta mukofot olgan oʻqituvchi kelasi yil mukofot olmasligi kerakligi haqida cheklov yoʻq. Shuningdek, aynan qanday asoslarga koʻra mukofot berilishi haqida aniq qoida ham yoʻq.

Mehnat kodeksining 252-moddasida mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilmagan ragʻbatlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega boʻlgan hamda ish beruvchining qaroriga koʻra xodimning oldindan belgilangan koʻrsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirigʻini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan toʻlanadigan pul mukofoti ekanligi belgilangan.

Shunga koʻra 1-oktyabr munosabati bilan hamma oʻqituvchilar mukofot olishga haqli. Biroq bunda maktabning smetasida qoʻshimcha pul mablagʻi boʻlishi lozim

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

  

Boshqa maqolalar

БОЛАЛАР БОҒЧАЛАРИ ДИРЕКТОРЛАРИ СЕРТИФИКАТЛАНАДИ

personmaftuna 24-09-24, 08:34
0 БОЛАЛАР БОҒЧАЛАРИ ДИРЕКТОРЛАРИ СЕРТИФИКАТЛАНАДИ

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 27.08.2024 йилдаги "Давлат мактабгача таълим ташкилотлари директори...

KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH

personmaftuna 28-03-24, 02:29
0 KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021-yildagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq xavfini...

OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI

personmaftuna 29-06-24, 06:56
0 OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Eng avvalo oʻrindoshlik tushunchasiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 432-moddasida koʻrsatib oʻtilgan....

menu
menu