Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Eng avvalo oʻrindoshlik tushunchasiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 432-moddasida koʻrsatib oʻtilgan.

Unga koʻra oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning oʻzining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari boʻyicha asosiy ishidan boʻsh vaqtida boshqa muntazam haq toʻlanadigan ishni bajarishidir.

Oʻrindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan oʻzining asosiy ish joyida (ichki oʻrindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi oʻrindoshlik) bajarilishi mumkin.

Oʻrindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qatʼi nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Mehnat Kodeksining 434-moddasiga asosan Oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) pasportni yoxud uning oʻrnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;

asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani;

bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga oʻrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani;

diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;

mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishga qabul qilish chogʻida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotnomani;

jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini.

Ichki oʻrindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chogʻida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno taqdim etish lozim.

Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim etilganidan soʻng MKning 435-moddasiga asosan Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi tuziladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki oʻrindoshligi chogʻida xodim bilan oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid boʻlmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.

Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida tuzilgan mehnat shartnomasida ish oʻrindoshlik asosida bajarilayotganligi koʻrsatilishi shart.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ХUSUSIY SEKTOR

personmaftuna 29-09-24, 22:42
0 ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ХUSUSIY SEKTOR LITSENZIYA OLISHI LOZIM

Prezident tomonidan 07.08.2024 - yildagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ 939-son Qonun imzolandi. Hujjatga...

MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

personmaftuna 28-09-24, 00:46
0 MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

O‘zbekiston Respublikasining 08.01.2018-yildagi O‘RQ-457-son Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra,...

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

personmaftuna 20-02-25, 09:36
0 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ma'lumot to'plashda foydalaniladigan so'rovnomani yaratish. Anketaning ravshanligi va samaradorligini tekshirish....

menu
menu