Kuzatuvchi » Siyosiy » QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

Xodim ishdan chetlashtirilganida uning ish haqi saqlanmaydi, biroq qonunchilikda ayrim istisno holatlar mavjud. Xizmat tekshiruvi davrida xodim ishdan chetlashtirilsa, unga ish haqi toʻlanishi kerak. Hudud24.uz quyidagi maqolada xodimni ishdan chetlashtirishdagi muhim jihatlarga eʼtibor qaratdi.

1. Xodimni ishdan chetlashtirish nima?

Ishdan chetlashtirish – xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishga vaqtincha yoʻl qoʻymaslik hisoblanadi, xodim ishdan chetlashtirilganda, umumiy asosda ish haqi toʻlanmaydi, istisnolar mavjud.

Masalan, xodim alkogolli ichimlikdan mast holatda ishga kelganida, oʻz mehnat vazifalarini bajarishga vaqtinchalik yoʻl qoʻyilmaydi va bu ishdan chetlashtirish deb ataladi. Ishdan chetlashtirilgan xodim ishdan boʻshatilgan hisoblanmaydi.

2. Xodim qanday hollarda ishdan chetlashtiriladi?

Xodim ishdan chetlashtirilishi shart boʻlgan, yaʼni qonunchilikda aniq belgilab qoʻyilgan hamda ish beruvchining ixtiyoriga koʻra ishdan chetlashtirish mumkin boʻlgan holatlar mavjud.

Quyidagi hollarda xodim majburiy ravishda ishdan chetlashtiriladi:

– vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra;

– alkogol, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsirida mastlik holatida boʻlganda;

– mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqimagan hamda tekshiruvdan oʻtmaganda;

– majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganda;

– tibbiy xulosaga muvofiq qarshi koʻrsatmalar aniqlanganda;

– xodim sogʻligʻi holatiga koʻra 4 oygacha vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlganda, boshqa ishga oʻtishni rad etganida yoki ish beruvchida mazkur xodimga mos ish boʻlmaganida;

– xodim foydalanishi shart boʻlgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

3. Karantinda xodim emlanishdan bosh tortsa qanday chora koʻriladi?

Karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi boʻlganda profilaktik emlash joriy etilishi mumkin, xodim mazkur emlashdan oʻtishni rad etganda (sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlmaganda) ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishga haqli.

Xodimga xizmat tekshiruvi tayinlanganida uning ishda boʻlishi xizmat tekshiruvini oʻtkazishga xalaqit berishiga asosli sabablar boʻlsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishi mumkin.

Xodim qancha muddatga ishdan chetlashtirilishi mumkin?

Xodim ishdan chetlashtirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgunigacha butun davrga ishdan chetlashtiriladi.

Xodim ishdan chetlashtirilganda unga ish haqi hisoblanadimi?

Ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanmaydi.

Shuningdek, ayrim istisno holatlar mavjud, unga koʻra quyidagi holatlarda xodim ishdan chetlashtirilsa ham unga oylik toʻlanadi:

xodim oʻz aybisiz mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmagan yoki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganda;

xodimga ish beruvchi tomonidan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalari berilmaganda;

xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan ishdan chetlashtirilganda.

Xodim oʻzini noqonuniy ishdan chetlashtirilgan deb hisoblasa, sudga shikoyat qilishi mumkin.

Noqonuniy ishdan chetlashtirilgan xodim avvalgi ishiga qoʻyiladi hamda unga yetkazilgan moddiy zarar va maʼnaviy ziyon qoplab beriladi.

Nizoni koʻrib chiqishda xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklanadi. Xodim vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra ishdan chetlashtirilganda esa mazkur organ zimmasiga yuklatiladi.

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL: MUHIM 7 QOIDA

personmaftuna 29-06-24, 06:31
0 AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL: MUHIM 7 QOIDA

Bugundan akademik liseylarga qabul boshlandi. O‘quvchilar hujjatlarini uydan chiqmasdan onlayn topshirishlari mumkin....

ПЕДАГОГНИНГ ҚАНДАЙ МАЖБУРИЯТЛАРИ БОРЛИГИНИ БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 19-03-24, 01:30
0 ПЕДАГОГНИНГ ҚАНДАЙ  МАЖБУРИЯТЛАРИ БОРЛИГИНИ БИЛАСИЗМИ?

Педагог ўз касбий фаолиятини амалга оширишда: -таълим-тарбия жараёни иштирокчиларининг шаъни, қадр-қиммати ва ишчанлик...

TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI

personmaftuna 29-09-24, 21:39
0 TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

Prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar...

menu
menu