Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI ULAR QAYERGA YOʻNALTIRILADI?

IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI ULAR QAYERGA YOʻNALTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 687-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 01.06.2023-yildagi PQ-82-son qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.

Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari:

  • «Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
  • aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaxsarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
  • yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
  • bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
  • voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.

Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
  • serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
  • Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.

Hujjat bilan quyidagilar  tasdiqlangan:

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom;
  • jamgʻarma ijroiya direksiyasining tuzilishi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:21
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, elektr energiyasi uchun to‘lovni maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda...

IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILMOQDA

personmaftuna 11-06-24, 20:15
0 IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-mayda qabul qilingan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini...

KIBERJINOYAT UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

personmaftuna 12-12-24, 03:48
0 KIBERJINOYAT UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, yolg‘on xabarlar va turli xildagi virusli dasturlarni...

menu
menu