Kuzatuvchi » Siyosiy » IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILADI

IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-162-son, 19.04.2024 y) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari (davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o‘z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo‘sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;

Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati;

Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan korxonalar ro‘yxati.

Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o‘tkazish jarayonida:

qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyushgan savdolarda sotishda oldi-sotdi bitimlari investitsiya vositachilari tomonidan qatʼiy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo‘lgan usullarga qo‘shimcha ravishda, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BOLA HUQUQLARI BO‘YICHA VAKIL KIMLAR BO‘LA OLADI?

personmaftuna 25-09-25, 22:25
0 BOLA HUQUQLARI BO‘YICHA VAKIL KIMLAR BO‘LA OLADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha...

“IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

personmaftuna 19-11-24, 18:30
0 “IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

“ Umumiy o ' rta ta ' lim maktablarida musiqa madaniyati fani o ' qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan...

НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ

personmaftuna 03-06-25, 13:11
0 НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Педагог кадрлар тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент Фармони (ПФ-73-сон,...

menu
menu