ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY BERISHI SHART?
Ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart:
Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, boshqa ishga oʻtkazish haqidagi buyruqlarning koʻchirma nusxalarini;
Mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmalarni;
Ish haqi toʻgʻrisidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatdan toʻlangan soliqlar va yigʻimlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni va boshqalarni.
Mazkur hujjat nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Ish bilan bogʻliq hujjatlar va ularning koʻchirma nusxalari xodimlarga bepul beriladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR BARTARAF ETILADI
personmaftuna 20-02-25, 10:55Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 19.12.2024-yildagi 3586-son buyrugʻi bilan...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ODIL SUDLOV AKADEMIYASI TASHKIL
personmaftuna 24-09-25, 00:33“Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari...
ҲОМИЛАДОР ВА БОЛА ТУҚҚАН АЁЛЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ЙИЛЛИК МЕҲНАТ
personmaftuna 30-09-24, 16:11Меҳнат кодексининг 400-моддасига асосан, ҳомиладор аёлларга ва бола туққан аёлларга йиллик меҳнат таътили, уларнинг...