Kuzatuvchi » Siyosiy » MULK IJARASI SHARTNOMASI, U QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

MULK IJARASI SHARTNOMASI, U QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida mulk ijarasi bilan bog‘lik munosabatlar tartibda solingan bulib, unga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.

Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo‘lishlari mumkin. Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan oʼtkazilishi lozim. Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o‘tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.

 Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Аgar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa––uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko‘p (oxirgi) muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʼlmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat oʼtishi bilan shartnoma bekor bo‘ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi. Аgar ushbu Fuqarolik Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;

2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.

Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʼlgan narsadan ko‘p darajada mahrum boʼladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.

Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qoʼyilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 551-moddasida “ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish» tartibi belgilangan boʼlib, unga ko‘ra, Mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Bunda quyidagilar inobatga olinadi - agar ijaraga oluvchi:

- ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;

- mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa;

- shartnomada belgilangan to‘lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lamasa;

- qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq kapital taʼmirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat bo‘lgan hollarda shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital taʼmirlashni amalga oshirmasa.

Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeksning 382-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga o‘z majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ПЕНСИЯ ПУЛИ ОЙНИНГ ҚАЙСИ САНАСИДА ФУҚАРОЛАРГА ЕТКАЗИБ

personmaftuna 03-08-24, 03:21
0 ПЕНСИЯ ПУЛИ ОЙНИНГ ҚАЙСИ САНАСИДА ФУҚАРОЛАРГА ЕТКАЗИБ БЕРИЛАДИ?

Янги ой кирди, пенсиям пластик картамга қачон тушади ёки нақд шаклда қачон оламан каби фуқароларда саволлар туғилиши...

DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON

personmaftuna 29-09-24, 21:13
0 DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON ISHTIROKIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezident i ning 18.07.2024-yildagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz...

ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

personmaftuna 19-03-24, 01:19
0 ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

Ногиронлиги бўлган шахслар қонунчиликда назарда тутилган тартибда тажовузлардан ҳимоя қилиниш, ўз шахсий ҳаёти, оиласи,...

menu
menu