YANGI MEHNAT KODEKSIGA ASOSAN YILLIK MEHNAT TAʼTILLARINI BERISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlariga asosan barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari beriladi. Xodimlarga beriladigan asosieng kammehnat taʼtilining davomiyligi 21 kalendar kunidan iboratdir. Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun eng ko‘pi 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Ushbu taʼtillarga oid holatlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining IV bobi, yaʼni 216-235-moddalar bilan tartibga solib qo‘yilgan.
Har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat taʼtilining toʼliq miqdorini o‘n ikkiga boʼlish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yoʼli bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p boʼlgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat taʼtili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
Mehnat kodeksiga koʼra, Xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat taʼtili qismlarga boʼlinishi mumkin. Bunda ushbu taʼtilning hech bo‘lmaganda bir qismi oʼn toʼrt kalendar kundan kam boʼlmasligi kerak.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MEHNAT QONUNCHILIGIDA O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLAR
personmaftuna 25-09-24, 00:46O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga 412-moddasiga asosan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini...
ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ РАҲБАРЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИ ҚАНДАЙ БАҲОЛАНАДИ
personmaftuna 25-04-24, 02:32Президентнинг 13.03.2024 йилдаги ПФ-49-сонли “Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ҳамда хўжалик...
IJARADA YASHAYDIGAN YOSH OILALARNING IJARA TO‘LOVI UCHUN
personmaftuna 08-08-25, 02:12Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, yoshlar daftariga...