Kuzatuvchi » Siyosiy » “YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

“YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

 “Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi.

“Yoshlar daftari”ga 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi;

·    oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;

·    ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan;

·    boquvchisini yo’qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan;

·    o’ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

·    o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan ishga layoqatsiz;

·    I yoki II guruh nogironligi bo’lgan;

·    farzandida I yoki II guruh nogironligi bo’lgan;

·    jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan;

·    ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo’lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to’xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo’lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo’lgan;

·    yuzaga kelgan holatlar sababli og’ir turmush sharoitida qolgan;

·    zo’ravonlik va ekspluatasiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong’inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog’lig’iga, mulkiga zarar yetgan;

· “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

·    haq to’lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan;

·    davolanishga muhtoj bo’lgan bemor yoshlar;

·    jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

·    muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan;

·    psixologik maslahatga muhtoj;

·    nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila;

·    dehqonchilik yoki tomorqa xo’jaligini yuritayotgan;

·    yosh tadbirkor yoki o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro’yxatdan o’tgan yoshlar kiritiladi.

        “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro’yxatdan o’tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda BHMning 25 baravarigacha qismi qoplab berilishi mumkin.

        “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida o’qish bo’yicha yillik xarajatlarini to’lab berish «Yoshlar daftari» jamg’armasi mablag’lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to’lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

        “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning sektorlar rahbarlariga va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo’limlariga bergan arizasiga muvofiq, ularga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensasiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda to’lab berilishi mumkin.

        “Yoshlar daftari”dan quyidagi hollarda chiqariladi:

·    bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo’lganda;

·    to’lov-kontrakt asosida o’qish bo’yicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda to’lab berilganda;

·    tadbirkorlik faoliyati hamda o’zini o’zi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur bo’lgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda;

·    turar joy ijara kompensasiyasi belgilangan tartibda to’lab berilganda;

·    malakali tibbiy xizmat ko’rsatilganda;

·    to’liq davlat ta’minotiga olinganda;

·    aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

·    o’z arizasiga ko’ra;

· “Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

·    boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

·    sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

·    arizachiga ko’mak berish bo’yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

·    arizachi vafot etgan taqdirda.

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko’chib o’tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo’yicha ro’yxatga olingan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmasdan «Yoshlar daftari»ga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARGA BELGILANGAN

personmaftuna 14-06-24, 02:25
0 O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARGA BELGILANGAN KAFOLATLAR!

O ‘ zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi...

ДОНОР ҚОНИ ПЛАЗМАСИДАН ДОРИ ВОСИТАЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ

personmaftuna 28-05-24, 03:26
0 ДОНОР ҚОНИ ПЛАЗМАСИДАН ДОРИ ВОСИТАЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 22.04.2024 йилдаги “Донор қонидан дори воситаларини ишлаб чиқаришни йўлга қўйишга доир қўшимча...

INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?

personmaftuna 30-09-24, 11:31
0 INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...

menu
menu