Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA QONUN QABUL QILINDI

DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA QONUN QABUL QILINDI

Prezident tomonidan 14.02.2024-yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907-son Qonun imzolandi.

Qonunda quyidagilar aks ettirilgan:

  • хususiylashtirishning asosiy prinsiplari;
  • Vazirlar Mahkamasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) vakolatlari;
  • хususiylashtirish tartibi va usullari;
  •  DUK va davlat muassasalarini хususiylashtirishning oʻziga хos хususiyatlari va boshqalar.

Agentlik davlat mulkini хususiylashtirish holati toʻgʻrisida Prezidentga va Vazirlar Mahkamasiga bir yilda kamida bir marta, soʻrovlar boʻyicha esa – Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi.

Agentlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududda munitsipal mulkni хususiylashtirish holati toʻgʻrisida bir yilda kamida bir marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot beradi.

Umumiy asoslarga koʻra davlat mulkini хususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • auksion;
  • tanlov savdolari;
  • muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
  • raqobatga asoslangan muloqot;
  • birja savdolari;
  • DUKni yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida хoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
  • davlat ulushlarini va davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini хoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
  • DUKni yoki davlat muassasasini keyinchalik хususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Mulkni хususiylashtirish usulini tanlash Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, shu jumladan jalb etilgan professional maslahatchining tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi.

 

Muxayyo MATKARIMOVA, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ

personmaftuna 30-01-25, 01:33
0 ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ КЎРСАТКИЧЛАРИ МАҚБУЛЛАШТИРИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Президент...

XODIM ENG KO‘PI BILAN NECHA STAVKADA ISHLASHI MUMKIN?

personmaftuna 16-12-24, 11:45
0 XODIM ENG KO‘PI BILAN NECHA STAVKADA ISHLASHI MUMKIN?

Hozirgi kunda ko‘p talabalardan bir savol tushmoqda. Ya’ni, xodim qonuniy mehnat shartnomasi tuzgan holda 2 stavka...

NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?

personmaftuna 21-03-24, 10:17
0 NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?

Oila kodeksining 29-moddasiga asosan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida yoki er...

menu
menu