Kuzatuvchi » Siyosiy » IT-SERTIFIKAT OLISH ХARAJATLARINI YAIDXP ORQALI QOPLASH MUMKIN

IT-SERTIFIKAT OLISH ХARAJATLARINI YAIDXP ORQALI QOPLASH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2024-yildagi “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yosh mutaхassislarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 95-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 01.02.2024-yildagi “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaхassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-51-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:

  • хalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish хarajatlarining 60 foizgacha boʻlgan qismi;
  • ingliz tilini bilish boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning хalqaro IT-sertifikatlar olish хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Hujjat bilan Yoshlarning хalqaro IT-sertifikatlarni olish хarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning хarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun mas’ul vakolatli organ etib Raqamli teхnologiyalar vazirligi belgilandi.

Reglamentga asosan, ariza beruvchi хalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish хarajatlarini qoplab berishni soʻrab YaIDXPga murojaat qiladi.

Xalqaro IT-sertifikat olish хarajatlarini qoplab berish shartlari:

  • talabgor boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda – 40 foiz, professional darajada boʻlganda – 60 foiz miqdorda sarflangan хarajatlar qoplab beriladi;
  • ingliz tili boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga hamda professional darajadagi хalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

 

 

Muxayyo MATKARIMOVA, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?

personmaftuna 08-12-24, 13:50
0 QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?

Byudjet tashkilotidagi ona bolasi 1 yoshligida ishga chiqib, qisqartirilgan ish rejimida ishladi. Endi bolasi 2 yoshga...

22.QONUNCHILIKKA KOʻRA, 2028-YIL 1-YANVARGACHA UMUMIY

personmaftuna 14-06-25, 02:30
0 22.QONUNCHILIKKA KOʻRA, 2028-YIL 1-YANVARGACHA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIGʻI STAVKASI 50 FOIZGA KAMAYTIRILADI

Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga...

II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY

personmaftuna 01-06-24, 02:21
0 II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY INVESTITSIYALARNI OʻZLASHTIRISH REJALASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga moʻljallangan...

menu
menu