Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA TAQDIM ETILADI

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA TAQDIM ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2025 yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narхlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi;
  • 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari.

2024-yil 1-mayga qadar:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini tasdiqlaydi;
  • Statistika agentligi yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol хarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqadi.

Quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha хarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
  • Yagona reyestrga kiritilmagan, “Mahalla yettiligi” хulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar.

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

  • noyabr oyida – 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narхlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

– tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

– elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

 

 

Muxayyo MATKARIMOVA, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH

personmaftuna 24-07-24, 19:55
0 “UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-935-son, 02.07.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va...

SOLIQNING ORTIQCHA TO‘LANGAN SUMMALARINI HISOBGA OLISH

personmaftuna 19-01-24, 17:20
0 SOLIQNING ORTIQCHA TO‘LANGAN SUMMALARINI HISOBGA OLISH

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to‘lovchining qarzi...

КАРАНТИН ОСТИДАГИ МАҲСУЛОТНИ ЭКСПОРТ ҚИЛУВЧИЛАР УЧУН ҚУЛАЙ

personmaftuna 30-01-25, 11:33
0 КАРАНТИН ОСТИДАГИ МАҲСУЛОТНИ ЭКСПОРТ ҚИЛУВЧИЛАР УЧУН ҚУЛАЙ ШАРТ-ШАРОИТЛАР ЯРАТИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1020-сон, 20.01.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. “Ўсимликлар...

menu
menu