BILASIZMI?
Prezident tomonidan 17.04.2024-yildagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik хavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi.
2024-yil 1-maydan boshlab har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi.
2024-yil 1-iyundan boshlab:
- 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob’yektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalashtiriladi;
- yangi qurilishi rejalashtirilayotgan хavflilik omili III – IV toifa boʻlgan ob’yektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalashtiriladi;
- yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila хavfi bor hududlarni aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-iyulga qadar teхnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion in’yeksiya teхnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori ballik yer silkinishi sodir boʻlganda bino va inshootlarning holati boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olingan ma’lumotlar tezkor ravishda tahlil qilinadi.
Muxayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KOSMIK FAOLIYAT NIMA MAQSADDA AMALGA OSHIRILISHI HAQIDA
personmaftuna 22-03-25, 11:26Kosmik faoliyat O‘zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va...
16 YOSHGA TO‘LMAGAN NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLANING
personmaftuna 17-08-24, 02:37Homilador ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri...
ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ҲАМДА ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛГАН
personmaftuna 26-09-25, 17:59“Якка тартибдаги тадбиркорлар ҳамда ўзини ўзи банд қилган шахслар учун қулай шарт-шароит яратиш чора-тадбирлари...